MedSina

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 17-sentabr

MedSina — tibbiyot xodimlari va talabalari uchun ta'lim platformasi. Ilova va veb sayt bir xil hisobdan ishlaydi va quyidagi qoidalar ikkalasiga ham tegishli.

Xizmatdan foydalanish orqali siz shu siyosatga rozilik bildirasiz.

Qanday ma'lumot to'planadi

Ro'yxatdan o'tishda: ism, familya, elektron pochta, yo'nalish. Ixtiyoriy ravishda: surat, ish joyi, shahar, ta'lim muassasasi, tajriba va o'zingiz haqingizda qisqa matn.

Foydalanish davomida: qaysi kurslarni sotib olganingiz, qaysi darslarni ko'rganingiz, test natijalari, yozgan postlaringiz va izohlaringiz, guruh suhbatlaridagi xabarlaringiz.

To'lovda: to'lov cheki rasmi va tanlangan tarif. Karta ma'lumotlarini biz saqlamaymiz — to'lov bank ilovasida amalga oshiriladi va bizga faqat chek rasmi keladi.

Texnik: ilova versiyasi va qurilma turi — nosozliklarni topish uchun.

Nima uchun ishlatiladi

  • Hisobingizni yuritish va kurslaringizni ochish
  • O'qish jarayonini saqlash — qayerda to'xtaganingiz eslab qolinadi
  • Sizga tegishli bildirishnomalar yuborish: postingizga javob, kurs ochilishi, jonli dars
  • To'lovni tekshirish va kursni berish
  • Xizmatni yaxshilash va nosozliklarni tuzatish

Ma'lumotlaringiz reklama uchun ishlatilmaydi.

Kim ko'radi

Ommaviy: ismingiz, surat, yo'nalish, ish joyi va yozgan postlaringiz. Profilingiz boshqa foydalanuvchilarga ochiq.

Faqat siz: elektron pochta, notlaringiz, flashcardlaringiz, test natijalari, to'lov cheklari.

Ustoz ko'radi: siz uning guruhida bo'lsangiz — ismingiz va guruh suhbatidagi xabarlaringiz.

Biz ma'lumotlaringizni uchinchi shaxslarga sotmaymiz va bermaymiz. Istisno — qonun talab qilgan holatlar.

Qayerda saqlanadi

Ma'lumotlar Google Firebase (Firestore, Authentication) va Hetzner serverlarida saqlanadi. Aloqa shifrlangan kanal orqali amalga oshiriladi.

Parolingiz bizda ochiq holda saqlanmaydi — uni faqat Firebase Authentication biladi va biz ham ko'ra olmaymiz.

Sizning huquqlaringiz

  • Profilingizni istalgan vaqtda tahrirlashingiz mumkin
  • Hisobingizni o'chirishni so'rashingiz mumkin — biz 30 kun ichida bajaramiz
  • Qanday ma'lumot saqlanganini so'rashingiz mumkin
  • Bildirishnomalarni o'chirib qo'yishingiz mumkin

Hisob o'chirilganda postlaringiz va izohlaringiz ham o'chadi. Sotib olingan kurslar haqidagi yozuv buxgalteriya uchun saqlanadi.

Bolalar

Xizmat 16 yoshdan katta foydalanuvchilar uchun. Agar 16 yoshgacha bo'lgan bolaning ma'lumoti bizga tushganini bilsak, uni o'chiramiz.

Tibbiy javobgarlik

MedSinadagi kurslar va muhokamalar — ta'lim maqsadida. Ular bemorni davolash bo'yicha ko'rsatma emas va shifokorning klinik qaroriga almashtirilmaydi. Bemor bilan bog'liq har qanday qaror uchun javobgarlik shifokorning o'zida.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa shu sahifada yangilanadi va yuqoridagi sana almashadi. Jiddiy o'zgarishlar haqida ilovada xabar beramiz.

Bog'lanish

Savol yoki so'rov bo'lsa: info@medsina.uz yoki ilovadagi Yordam bo'limi.